Oʻzbekistonda ijtimoiy obyektlarda yongʻin xavfsizligi nazorati kuchaytirildi
19 Dekabr, 2025Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Favqulodda vaziyatlar vaziri Botir Qudratxo‘jayevning aholining yong‘inlardan himoyasi va ijtimoiy soha obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axboroti eshitildi.
Ta’kidlanishicha, mamlakatda tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar, jumladan yong‘inlar, is gazidan zaharlanish va texnik nosozliklarning oldini olish hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan profilaktik tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish tizimini rivojlantirish konsepsiyasi, shuningdek 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan sohani takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.
Deputatlar profilaktik ishlarni kuchaytirish, ijtimoiy soha obyektlarining texnik holatini muntazam nazorat qilish va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish zarurligini ta’kidladilar. Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha chora-tadbirlar ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini ta’minlashga qaror qilindi.
UzDaily.uz