O‘zbekiston va Xitoy elektrotexnika sohasida sanoat kooperatsiyasini muhokama qildi
25 May, 2026O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Xitoy Xalq Respublikasining Chjunshan shahri Xalqaro savdoga ko‘maklashish qo‘mitasi bosh direktori Lin Chjun boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, "O‘zeltexsanoat" uyushmasi, shuningdek, Xitoyning elektrotexnika sanoati sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston elektrotexnika sanoatining investitsiya salohiyati, ishlab chiqarish imkoniyatlari, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlari, elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
uzdaily.uz